Ikki yirik shahar uzoq vaqt davomida maʼlum bir mamlakatning poytaxti boʻlish huquqi uchun oʻzaro raqobatlashgan. Oxir-oqibat murosaga kelingan: yangi joyda, taʼbir joiz boʻlsa, "neytral" poytaxt qurish. Yangi poytaxt ikki raqib oʻrtasida qurilgan va bugungi kungacha muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatmoqda. Ramziy maʼnoda, uning nomi oʻzbek tiliga tarjima qilinganda "Uchrashuv joyi" degan maʼnoni anglatadi. Biz sizdan bu poytaxtning asl nomi nima deb soʻramaymiz. Raqobatlashgan ikki shaharni ayting.