U bir necha haftada bir marta, birdaniga qirq litrga yaqin suv ichadi. Chunki chanqogʻini qondirish uchun egallashga majbur boʻlgan noqulay holati uni yirtqichlar oldida himoyasiz qilib qoʻyadi. Shu sababli u deyarli oʻt yemaydi, balki daraxt barglari bilan oziqlanadi. Undagi IKSlar soni esa xuddi odamniki kabi yettita. Biz sizdan uning kimligini soʻramaymiz. IKS soʻzi bilan qaysi ikki soʻzni almashtirdik?