Yaqinda boʻlib oʻtgan NATO yigʻilishida Ukraina prezidenti Leonid Kuchma istalmagan mehmon boʻlib chiqdi. Ukraina prezidenti oʻz koʻrinishi bilan kichik Jorj Bush va Toni Bleyrning gʻashiga tegmasligi uchun yigʻilish tashkilotchilari protokolni buzmagan holda va alyansga nisbatan alohida pozitsiyaga ega boʻlgan davlatga yoqimli ish qilib, noyob qadam tashladilar. Ular nima qilishdi?
Fransuz tilini yigʻilishning rasmiy tili deb eʼlon qilishdi.