Statistika nimalarni bilmaydi deysiz! Kimdir erinmasdan sovet va postsovet davridagi Rossiya filmlari nomlarining chastotali lugʻatini tuzib chiqdi. Har ikki roʻyxatda ham birinchi oʻrinda, albatta, "muhabbat" turibdi, lekin keyingi "liderlar" bir-biridan farq qiladi — zero hayotbaxsh sotsrealizm oʻrnini "dahshatlar" egalladi. "Sovet" roʻyxatining birinchi uchligida moʻtadil-optimistik "kun" soʻzi boʻlsa, Rossiya roʻyxatida, tabiiyki, "ruscha" soʻzi bor. Birinchi uchliklardagi qolgan ikki soʻz antonimlardir. Ularni ayting.