Albert Eynshteyn BU narsa haqida "mavjud va tugallangan narsa sifatida insonga maʼlum boʻlgan eng obyektiv narsadir" degan edi. Leonardo da Vinchi BU narsani faqat matematik isbotdan oʻtgandagina haqiqiy deb hisoblash mumkin deb hisoblagan. Robert Guk BU narsaga ilohiyot, siyosat yoki etikani aralashtirmaslikni taklif qilgan. Jon Bernal esa "BU narsa shunchalik qadimiyki, oʻz tarixi davomida shunchalik koʻp oʻzgarishlarga uchraganki, unga taʼrif berishga boʻlgan har qanday urinish uning faqat bir jihatini, koʻpincha ikkinchi darajali jihatini ifodalashi mumkin" deb taʼkidlagan. BU narsani ayting.