Mutaxassislar hali ham ularni hayotning bir shakli deb hisoblash yoki hisoblamaslik borasida bir toʻxtamga kela olishmayapti. Masalan, Kembrij universiteti oʻqituvchisi Stiven Xoking ularni hayot shakli deb hisoblash kerakligini taʼkidlasa-da, koʻplab hamkasblari uni qoʻllab-quvvatlamaydi. Shunga qaramay, Rossiya fanlar akademiyasida yaqinda ular bilan shugʻullanuvchi maxsus boʻlim tashkil etildi. Gap nima haqida bormoqda?