Oʻrta asrlar Xitoyida ular bir nechta boʻlgan. Ulardan biri — "Ming iyeroglif kanoni" — aynan mingta iyeroglifdan iborat boʻlib, ularning birortasi ham takrorlanmaydigan bogʻliq matn edi. U quyidagi soʻzlar bilan boshlanardi: "Osmon qorongʻu, yer sariq, koinot buyuk va keng...". Sizlardan birortangiz ular bilan tanishmisiz yoʻqmi bilmaymiz, lekin ularning analogi har biringizning hayotingizda uchragan. Uni nomlashingizni soʻraymiz.