ULAR hatto Tutanxamon maqbarasidan ham topilgan. Tarixchilarning taxminiga koʻra, koʻproq xaltachalarni eslatuvchi ULAR, firʼavnga boʻysundirilgan Osiyo xalqlarining boshqa oʻljalari qatorida kelib tushgan va kiyim elementi sifatida emas, balki bezak sifatida ishlatilgan. Asrlar boʻsagʻasida tojdor shaxsning xohishi bilan ULARNING rangi Peterburgdagi binolardan birining devorlari rangini belgilab bergan. ULARNI ayting.