Hurmatli BILIMDONLAR! Aktyor Leonid Kanevskiy tomoshabinlar xotirasida "Brilliant qoʻl" filmidagi kontrabandachi roli bilan qolgan. U ikkita serial tufayli keng tanildi. Birinchisi — TV tarixi merosi, ikkinchisi esa NTV kanalida shu kungacha birinchisiga ishora qiluvchi nom bilan chiqmoqda. Birinchi tilga olingan serial nomini deyarli takrorlaydigan ushbu nomda SIZNING oʻrningizni bosuvchi multfilm qahramonlarini ayting.