gotquestions.online

Amerikalik Meynard Nili hayotini xavfli va tavakkal vaziyatlarsiz, sarguzashtlarsiz tasavvur qila olmasdi. U och timsohning tishlarini tozalagan, ko‘zi bog‘langan holda vulqon og‘zi ustidagi arqondan yurgan va hatto oq akulani minib yurgan. Ammo yaqinda Meynard o‘z qiliqlarini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Uning uyi yaqinidagi mutlaqo xavfsiz vaziyatda sodir bo‘lgan voqeani mashhur kinofilmdagi ibora bilan tasvirlash mumkin. Gap qaysi film haqida ketayotganini topib, ushbu ibora bilan o‘zi tushib qolgan vaziyatni tasvirlagan qahramonning ismi va otasining ismini ayting?

Manba