U taniqli millioner, Bosh soliq idorasi rahbarlaridan biri edi. Inqilobdan biroz avval u mustabidlik timsoli boʻlgan mashhur qamoqxona yaqiniga joylashdi. Uning boshqaruvi ostida poytaxtga viloyatlardan keltiriladigan barcha tovarlardan boj yigʻilardi. U hatto hech kim boj toʻlashdan qochmasligi uchun poytaxtni panjarali toʻsiq bilan oʻrab olmoqchi boʻlgan. Ammo biz uni butunlay boshqa faoliyati orqali taniymiz. U tabiiy fanlarning birida haqiqiy inqilob qildi. Uni ayting.