Amerika nasri klassigi Ambroz Birsning aytishicha, shifokor bemorga ikkita koʻrsatkichga asoslanib tashxis qoʻyadi. Ingliz tilida bu koʻrsatkichlarning nomlari faqat bir harf bilan farq qiladi. Birinchisi qadimdan hozirgi kungacha tashxis qoʻyishda qoʻllaniladi, ikkinchisi esa goʻyoki tibbiyotga aloqador emas. Ikkalasini ham ayting.
Bemorning pulsi va bemorning hamyoni (pulse va purse).