Ingliz tilidagi texnik matnlarda psi abbreviaturasi bilan belgilanadigan o‘lchov birligi uchraydi. Savol muallifi ushbu birlikni kompressor hujjatlarida uchratgan avtomobilchi hamkasbi uchun "o‘girish" so‘zining ikki ma’nosida: ingliz tilidan rus tiliga, so‘ngra SI o‘lchov birliklariga o‘girib berishiga to‘g‘ri kelgan. Savolga javob berish uchun ushbu birlik nomining ruscha (yoki o‘zbekcha) tarjimasini yozishingiz kifoya.