Dasturiy ta’minot mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi boʻlgan PC Pitstop kompaniyasi 2005-yilda foydalanuvchilariga pul mukofoti berishga rozi ekanligini yozma ravishda e’lon qilgan edi. Taxminan 3000 ta sotuvdan keyin bir foydalanuvchi nihoyat bu mablagʻni qoʻlga kiritdi. Xoʻsh, oʻsha foydalanuvchi nima qilgan edi?
Dastur mahsulotining oxirgi iste’molchi bilan litsenziya shartnomasini (EULA) oʻqigan edi.