Ukraina dizaynerlar va stilistlar konfederatsiyasi har yili "Billur siluet" tanlovini oʻtkazadi, uning shartlariga koʻra ishtirokchi ikki nominatsiyadan birida faqat bitta koʻylak modelini taqdim etishi mumkin. Birinchi nominatsiyada — pret-a-porter de lux — taqdim etilgan kiyimlar albatta kiyishga yaroqli boʻlishi kerak. Ikkinchi nominatsiyada koʻylaklarni taqdim etuvchi modelyerlarning ijodi esa hech qanday qonun-qoidalar bilan cheklanmaydi. Aytgancha, ikkinchi nominatsiyaning nomi soʻnggi paytlarda mashhur boʻlgan adabiyot janri nomi bilan aynan bir xil. Ushbu nomni yozing.