Yevropa kitob koʻrgazmalarida oʻz asarlari nashr etilishini juda xohlaydigan va buning uchun oʻzlari pul toʻlaydigan mualliflarni chop etuvchi nashriyotlar ishtirok etadi. Umberto Eko yozishicha, bunday nashriyotlarni ingliz tilida ikki soʻz bilan atashadi. Birinchi soʻz — press — "nashriyot". Ikkinchi soʻz esa XIX asr oʻrtalarida nashr etilgan romanning nomida mavjud. Bu roman qanday nomlanadi?