Polshadagi bir dizaynerlik firmasi ofislarda, tashkilotlarda binolarni birlashtiruvchi oʻtish yoʻlaklari qurib, bu yoʻlaklarni X deb atadi. Frenk Darabontga muvaffaqiyat keltirgan filmlardan birining nomi oʻzbek tiliga X deb ham tarjima qilinadi. Bir televideniye loyihasida esa berilgan mavzuning qiyinligi ishtirokchining X-da gʻolib boʻlish ehtimolini oshiradi. Siz esa X-ni bir xil harf bilan boshlanadigan 2 ta soʻz bilan ayting.