"Plants vs. Zombies" kompyuter oʻyinida tomorqa oʻsimliklari va qoʻziqorinlar yordamida uyni tirik murdalarning bostirib kirishidan himoya qilish kerak. Biroq oʻyin menyusida qarama-qarshi taraf uchun ham oʻynash imkonini beruvchi rejim mavjud. Ushbu oʻyin rejimining nomi ikki soʻzdan iborat boʻlib, siz, bilimdonlar, albatta oʻqigan yoki tomosha qilgan mashhur fantastik asarga ishoradir. Bu oʻyin rejimi qanday ataladi?