Pikabu.ru saytida reklama qilinadigan intellektual oʻyinda rasmli kartochkalarni eslab qolish yoʻli bilan juftini topish talab qilinadi. Berilgan rasmlar umumiy mavzuda boʻlib, ular orasida qoʻlida plashini ushlab olgan Jon Travolta, oʻtirgan holatda yigʻlayotgan Mettyu Makkonaxini koʻrish mumkin. Savol: Oʻyin nomini ingliz tilidagi 6 harfli soʻzda yozib bering.