ULARDAN Qadimgi Misrda ham foydalanishgan, ularni qargʻa uyasiga oʻxshash arqonchalardan yasashgan. Firʼavnlar uchun ULARNI jundan yoki xurmo palmasi tolalaridan tayyorlashgan. ULAR toʻgʻri geometrik shaklga ega edi: yumaloq, trapetsiyasimon yoki tomchisimon. Yomgʻirdan buzilmasligi uchun ULARNI asalari mumi bilan mustahkamlashgan. "Paradox" jurnalidagi ULAR haqidagi maqolaning nomi katta bir muammoning nomidan atigi bitta harf bilan farq qiladi. Bu maqola qanday nomlanadi?