U Toshkentga kelgan vaqt may oyining boshlariga, oʻsha yildagi ramazon oyiga toʻgʻri kelgan. Faqat kech tushganida oshxonaga borilgan va qayragʻoch tagidagi supaga toʻkin dasturxon tuzalgan. Umrida qayragʻochni birinchi marta koʻrib turgan shoir qorni och boʻlsa ham ancha vaqt daraxtga termulib turgan, ovqatga teginmagan. Ovqatlanib boʻlganidan keyin Toshkentni oʻz yurti bilan solishtirishni, oq qayinlar haqida gapirishni boshlagan.
Savol: Gap kim haqida ekanini toping.