Alisher Navoiy bir sheʼrida lirik qahramonning mahbubasini “sultoni husn” deb taʼriflar ekan, mahbubaning visol onlariga barham berib, yoʻlga tusha boshlaganida qahramonning chekkan faryodini UNING ovoziga qiyoslagan. Birinchidan UNING ovozi oʻziga oʻxshaganlar ichida eng balandi ekani, bu orqali qahramonning faryodi naqadar kuchliligi koʻrsatilgan. Ikkinchidan esa, yuqorida aytilganidek, qahramonning mahbubasi oddiy goʻzal emas, balki “sultoni husn”dir.
Savol: UNI unlilari bir xil soʻzda yozib bering.