Bir guruh ingliz olimlari SHUNING darajasini hisoblash mumkin boʻlgan matematik formulani ishlab chiqishdi. SHU P + (5xE) + (3xH) ga teng, bu yerda P — shaxsiy xususiyat boʻlib, u alohida insonning dunyoqarashi, turli koʻngilsizliklarga bardosh berish qobiliyati va yangi sharoitlarga moslashish darajasini oʻz ichiga oladi. E tushunchasiga: sogʻliq holati, moliyaviy barqarorlik va doʻstlashish qobiliyati kiradi. H — yuqori standartlar indeksi: oʻz-oʻzini hurmat qilish, ambitsiyalar va hazil tuygʻusi. Ushbu formula asosida nimani hisoblash mumkin?