Oʻzbek xalq maqolida UNING suvini ichgan odam ming yil yashashi aytiladi. Albatta bu afsona, lekin U sabinol, pedrol va aldegidli efir moylariga boyligi sababli “Tib qonunlari”da ham et uzilishiga, koʻkrak ogʻriqlariga va yoʻtalga yaxshi foyda qilishi, bargini qaynatib ogʻiz chayqash kerakligi taʼkidlangan. U haqidagi bir topishmoqda “aslida bu qiz tikuvchi emas”, deya taʼrif berilgan. Savol: UNI bir soʻz bilan yozib bering.