Oʻzbek xalq iboralarining baʼzilari biroz qisqargan, baʼzilari esa biroz oʻzgargani sababli turlicha variantlar ham paydo boʻlgan. Misol uchun, “Otimni oʻlishini bilganimda bir qop tezakka, baʼzi variantlarda bir qop arpaga almashtirardim” iborasi “otamni oʻlishini bilganimda” kabi shaklga oʻzgarib ketgan. Shu oʻrinda, aholi oʻrtasida isteʼmolda yurgan bir iborani keltiramiz: “Oʻligiga chidasang qoʻy boq, boʻlmasa”.... Mana shu iboradagi uchta nuqta oʻrnidagi bitta soʻzni yozib bering.