zakovatklubi.uz

Oʻzbek tilining izohli lugʻatiga koʻra bu soʻz maʼnolaridan biri - oʻzidan kichik yaqin kishilarga murojaat shakli hisoblanar ekan. Futbol boʻyicha U-23 oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlaridan biri Oʻzbekiston va Vyetnam jamoalari bahsida 2-goldan keyin sharhlovchi Davron Fayziyev ham oʻz telegram kanalida ushbu murojaat shaklini qoʻllash orqali biroz soʻz oʻyini qildi. Tohir Malikka nisbatan Mirzakalon Ismoiliy ham shu soʻzni qoʻllagan. 2000-yilda Shavkat Mahbubov rejissorligida suratga olingan bir milliy serialimizda ham shu murojaat shakli orqali chaqiriladigan personaj mavjud. Savol: Oʻsha rolni kim ijro etganini toping.

Manba