Oʻzbek mumtoz sheʼriyatining vakillaridan shoir Muhammad Aminxoʻja Muqimiy har gal Toshkentga kelgan vaqtlarida bu yerda istiqomat qilgan. 1889-1891 yillar mobaynida shoir Zokirjon Xolmuhammad oʻgʻli Furqat, 1910-1911 yillarda Hamza Hakimzoda Niyoziy xam bu yerda yashab ijod qilgan. Oʻzbek orifona sheʼriyatning ulkan namoyondasi – shoir Xaziniy ham Toshkentga kelgan paytlarida albatta bu yerda toʻxtab, koʻplab ajoyib suhbatlar qurgan. Bu joy xuddi bir onadek koʻplab shoirlarni sevimli joyi boʻlgan. DIQQAT SAVOL: Yuqorida bu yer deganda qaysi joy nazarda tutilganini bilgan bulsangiz, ushbu joy nomi qanday maʼnoni anglatishini bir soʻzda yozib bering.