Oʻz daromadlarining beqarorligi tufayli ULAR Oʻrta asrlarda turli yoʻllar bilan qoʻshimcha pul ishlab olishgan: Germaniyada ular fohishaxonalarni, Fransiyada esa qimor oʻyinlarini nazorat qilishgan. Faoliyatlari kasb sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng ular bilan umrbod shartnomalar tuzila boshlandi. Nafaqaga chiqishdan oldin ularning har biri oʻzi uchun oʻrinbosar tayyorlashi hamda shogirdiga maslahat va koʻrsatmalar bilan yordam berishi kerak edi. Shoir Usmon Azim Moʻmin Mirzo haqidagi sheʼrida Xadichabegim Unga oq yoʻl tilayotganligini yozgan. Diqqat savol: Gap kimlar haqida ketmoqda.