Oʻylaymizki, ushbu savolni topish uchun jamodagi barchangiz birdek jonbozlik koʻrsatasiz! Oy va quyosh sayyoramizning qarama-qarshi tarafida boʻladigan payt haqida tushuntirilar ekan, bir hujjatli filmda bu holatda “oʻziga xos astronomik U” yuz beradi deyilgan. UNING Polshada oʻtkaziladigan bir turida qayiqlardan foydalaniladi. Oʻtgan asr boshida Maksimilian ham oʻz gʻoyasini asoslash uchun hususan UNI ham oʻz tajribalarida oʻrgangan. Savol: Istasangiz 2 soʻz bilan U nima ekanligini, yoki Maksimilianning familiyasini yozib bering.