zakovatklubi.uz

Oʻylaymanki bu blits savollarini topishingizga KUCHINGIZ yetadi. Bu futbol klubi oʻz mamlakatining KUCHLI klublaridan biri hisoblanadi. Oʻz chempionatining bir necha marotaba chempionligidan tashqari xalqaro arenada Kubok egalari kubogi va UEFA superkuboklarida gʻalaba qozongan. Hamyurtimiz Maksim Shatskix ham oʻzining kuchli oʻyinlari bilan bu klub muxlislari qalbidan joy olgan. Savol: Gap qaysi klub toʻgʻrisida ketmoqda? || Moskvaning bu futbol klubi tashkil joriy yilning 18-aprel kuni klub tashkil topganligini 100 yilligini nishonladi. Bosh murabbiyi Marsel Lichka. Lev Yashin nomidagi uy stadioniga ega. Savol: Gap qaysi klub toʻgʻrisida ketmoqda? || Bu futbol klubi 1960-yil tashkil topgan. Bosh murabbiyi tajribali va KUCHLI murabbiy Vadim Abramov hisoblanadi. Bu hozirda garchi Oʻzbekiston Pro ligasida oʻynayotgan boʻlsada, aslida Oʻzbekiston Oliy ligasida bir necha marotaba ishtirok etgan. Asosan uy oʻyinlarida jamoa NONINI yarimta qildirmaslikga harakat qiladi. Savol: Gap qaysi klub toʻgʻrisida ketmoqda?

Manba