zakovatklubi.uz

Oʻtgan yili Germaniyadagi “Burger King” tarmoqlarida baʼzi insonlar uchun moʻljallangan antiqa burgerlar menyusi oʻylab topildi. Bu burgerlar shunchaki, hazil tariqasida yaratilgani yoʻq. Aksincha, izchil oʻrganilib, Ularning xohish-istaklariga qarab, Ular oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma asosida yaratilgan. Burgerlar tarkibiga eʼtibor qaratsangiz ularning gʻayrioddiy ekanligiga shubha qilmaysiz: muzqaymoq, bodiring va murabbo, baliq va olma pyuresi, tort va mol goʻshti, shokolad kremli kolbasa va boshqa bir-biriga nomutanosib masaliqlar. Lekin bu tabiiy hol! Diqqat savol: aytingchi, bunday maxsus burgerlardan kimlar bahramand boʻla olgan

Manba