zakovatklubi.uz

Oʻtgan davr mobaynida men bu rolni 800 martadan ortiq ijro etib koʻrgan ekanman. Tasodif orqali menga tekkan rol bu asli. Katta ishtiyoq bilan buni ijro etdim. Umuman olganda bu koʻrinishim menga shunday yarashgandiki, tomoshabin bu rolda boshqa kishini tasavvur qilishi qiyin edi. Rostini aytsam bu koʻrinish mening ijodimning choʻqqilaridan biri. Ilhomim kelib hatto ssenariyda boʻlmagan gaplarni xam qoʻshganman toʻgʻrisi. Yillar oʻtibdiki mana, xalq hali ham meni aynan shu rolda koʻradi va sevib tomosha kiladi! Diqqat savol. Gap kaysi oʻzbek aktyori hakida ketayotganini emas, u yaratgan eng mashhur obrazni yozib bering. “VAQT KETDI”!

Manba