Oʻtgan asrning 50-yillarida Amerikada giyohvand moddalarga oʻrganib qolgan odamlarning yashirin tashkiloti tuzildi. Ushbu tashkilot maxfiy majlislar oʻtkazib, bu majlislarda giyohvandlar bir-birlariga dalda berar edilar. Diqqat! Ushbu tashkilotning emblemasida qaysi harflar aks etganini toʻgʻri ketma-ketlikda yozib bering. || Ushbu xitoycha familiya asosan Makaoda keng tarqalgan. Familyaning maʼnosi «Birga», «uygʻun» kabi maʼnolarni anglatadi. Diqqat! Ushbu familiyani yozib bering. || 1918-yili Turkiston sovet Respublikasi tashkil topgach, «alfa» oʻz oʻrnini boshqalariga boʻshatib bergan. Bugungi kunda baʼzilar «alfa»ning oʻrnini egallaganlarni sovet sarqiti deb hisoblab, yana «alfa»ga qaytishni xohlashmoqda. Diqqat! «Alfa»ni yozib bering.