Oʻtgan asr 60-yillarda Erkin Vohidov "Oʻzbegim" qasidasini chop etish uchun nashriyotga beradi. Nashriyot muharriri Ibrohim Rahim esa sheʼrni chop etishdan oldin, shoirga kepka kiygan suʼratini olib kelishini soʻraydi, bunga sabab qilib mabodo Moskvadan sheʼrga eʼtiroz bildirilsa, shoirning suʼrati koʻrsatilib, boshida doʻppi emas, kepka borligini ayta olishini taʼkidlaydi. Bunda uning fikricha, kepka oʻziga xos IKS vazifasini bajarishi kerak edi. IKS haqidagi maqolada ixtirochi Jak Romning varraklari ham tilga olingan. Diqqat savol: IKS ni 2 soʻz bilan yozib bering.