Oʻta rivojlangan hozirgi davrda IKS ham qadoqlanib doʻkonlarda sotilmoqda. Yevropa doʻkonlariga Senegaldan IKSning yashil ranglisi olib kelinadi. Eronda Magalat va Givexa vodiylaridan olib kelib maydalangani sotilsa, Germaniyada IKSga ziravor yoki sut qoʻshilgani ham sotuvga chiqarilar ekan. IKSlarni isteʼmolga yaroqli qilish uchun maxsus ishlov berishadi. Bizda uning qadoqlangani yoʻq, ammo IKSni xohlab qolishsa tabiiylarini isteʼmol qilishadi. Savol: IKSni toping.