zakovatklubi.uz

Ota-onasidan erta yetim qolgan Bahrom 1908-yil Jizzaxning Baxmalida tugʻilgan. Oʻta iqtidorli, zakovatli inson oʻlaroq 5 ta tilda mukammal soʻzlasha olgan. Shoʻro hukumati unga sotsialistik tuzumga qarshi sheʼrlar va publitsistik materiallar tayyorlagan deya soxta(!) ayblovlar qoʻyadi. Natijada Baxrom jonini saqlash maqsadida 1933-yilda xorijga ketishiga toʻgʻri keladi. 1956-yilda esa Vatanga qaytib keladi. Va umrining oxirigacha turli gazeta va jurnallarda muharrir, fanlar akademiyasida ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritadi. Baxrom oʻzbek … otasi deya eʼtirof etiladi. Bundan oldingi gapda boʻshliq bor. Shu boʻshliqni 1 yoki ikki soʻzda yozib bering.

Manba