gotquestions.online

Ikkinchi jahon urushidan keyin sovet avtomobilsozlari Germaniyaning Opel zavodi tajribasiga tayanib, yengil avtomobil yaratishga qaror qilishdi. Sovet sharoitiga moslashtirish uchun aynan qaysi modelni — Opel Kadett yoki Opel Olympiaʼni tanlash masalasi tugʻildi. Hal qiluvchi soʻzni, har doimgidek, Stalin aytdi. Parametrlardan biri boʻyicha Kadett Olympiaʼdan roppa-rosa ikki baravar ustun edi. Yoʻlboshchi sovet kishisiga jamoaviylik hissi xos ekanligini vaj qilib, ushbu parametrni hal qiluvchi deb belgiladi. Natijada "Moskvich" mashinasi paydo boʻldi. Stalin baholash uchun qaysi parametrni tanlagan edi?

Manba