Olmaota metrosida yoʻl haqi bir martalik jetonlar yordamida toʻlanadi. Ularda koʻplab qulayliklar bor. Masalan, haftaning chorshanba kuni “jeton kuni” deb eʼlon qilingan. Shu kuni yoʻlovchilar muddati oʻtgan jetonlarini olib kelishlari va ulardan foydalanishlari mumkin. Yana bir qiziq tomoni esa, metroda jetonlar ikki xil, yaʼni sariq va qizil rangga ega. Qizil rangli jetonlar ULAR uchun moʻljallangan boʻlib, sariq rangli jetondan yarim narxda arzon hisoblanadi. Yurtimizdagi ULAR nomli guruh 1989-yilda tashkil etilgan. Savol: ULARni bir soʻz bilan yozib bering.