Olimpiada oʻyinlari qoidalariga koʻra yopilish marosimi soʻngida mezbon davlat bayrogʻi, olimpiada bayrogʻi va keyingi mezbon davlat bayrogʻi koʻtarilishi kerak. 1980-yilgi Moskva olimpiadasining yopilish marosimida anʼanaga koʻra SSSR, Olimpiada va AQSH bayroqlari koʻtarilishi kerak edi. Moskva olimpiadasiga boykot eʼlon qilgan AQSH bayrogʻi Moskvada koʻtarilishi mantiqqa toʻgʻri kelmas edi. Olimpiada anʼanalarini ham buzmaslik kerak. Savol: Tashkilotchilar ushbu vaziyatga qanday yechim topishgan?
AQSH bayrogʻi oʻrniga Los Anjeles bayrogʻi koʻtarilgan