Ogahiy ijodidan olingan chistonga eʼtibor qarating: Ul na dilbarkim, tani siymin oʻlub, Badr yangligʻ suratu siymosidur. Xat butub ikki yuzida sarbasar, Ziynat afzoyi ruhi zebosidur. Jussai tirnogʻ yuzi yangligʻ kichik, Lek ulugʻlar ishqining rasvosidur. Ushbu chiston nomini 1991 yilda yaratilgan film nomida ham uchratishimiz mumkin. Ushbu filmda bosh rollarni Muhammadjon Rahimov va Ibrohim Saidahmadovlar ijro etishgan. Diqqat: Ushbu film nomini yozib bering.