Odil Yoqubov 1945-yil Port Arturda harbiy xizmatdaligida Stalin mukofotiga sazovar boʻlgan asarni oʻqib, yozish istagi paydo boʻlganligini, keyin “Tengdoshlar” qissasini yozib, qissani Toshkentga Yozuvchilar uyushmasiga yuborganligini eslaydi. Bir oydan soʻng harbiy qismga oʻsha asar muallifining Odil Yoqubovga yozuvchilik qilishiga sharoit yaratib berishi soʻralgan xat kelgan ekan. Xat tufayli unga yozuvchilikka sharoit yaratib berishgan ekan. Savol: 1944-yil ilk bor nashr qilingan, Stalin mukofotini olgan asar va uning muallifini yozib bering.