Obiddin Mahmudovning Farzandnoma asaridan! Qobil va Oqil suhbatidan: Qobil soʻradi: Ehtirom koʻrsatishda qay toifa insonlarning yoshi eʼtiborga olinmaydi? Oqil javob berdi: - Yetti toifa : ota-ona, ustoz, rahbar, fozil kishi, chin doʻst, sadoqatli turmush oʻrtoq hamda uyingga tashrif buyurgan mehmon. Soʻradi: Buning sababi ne? Ota-ona bergan taʼlim tarbiya, ustoz oʻgiti, rahbar- koʻrsatgan yoʻl yoriqi, fozil kishi ibrati, doʻst -samimiyati, turmush oʻrtoq-sadoqati tufayli ekan! Diqqat savol : Mehmon nima sabab uchun, yoshidan qatiy nazar ehtiromga loyiq deyilgan?