Komodo ajdahosi yoki ulkan varan — Yerdagi eng katta kaltakesakdir. Kuchli jagʻlar va ulkan tirnoqlar varanni juda xavfli yirtqichga aylantiradi. Ammo, bu yetmagandek, varan arsenalida yana bir dahshatli qurol bor. Aytish mumkinki, varanlar nafaqat Qizil kitobdan, balki O.P.B.W. [O Pi Bi Dabl-Yu] qora roʻyxatidan ham joy olishga loyiq. Yuqorida tilga olingan qurolning asosiy tarkibiy qismini ayting.