U 1881-yilda Ispaniyaning Malaga shahrida dunyoga kelgan. 1895-yilda Barselona San'at maktabiga oʻqishga kiradi. 1900-yilda doʻsti bilan birga Parijga boradi va u yerda impressionistlar ijodi bilan tanishadi. 1973-yilda Fransiyaning Mujan shahrida vafot etgan. Siz “Blaskoning Vitasi”dan bir parchani tingladingiz. Shu bilan birga rekvizitda Blaskoning Vita rasmini ham koʻrib turibsiz. Diqqat savol: Blaskoning Vitasi bilan almashtirilgan ikki soʻzni javob kartalaringizga yozing.