Amerikaning NTSC rangli televideniye tizimini ishlab chiqish jarayonida rang uzatish sifati quyidagicha tekshirilgan: telekamera qarshisiga turli rangdagi mevalar solingan vaza qoʻyilgan va boshqa xonadagi ekspertlar ekrandagi rang sifatini aniqlashgan. Biroq, yetakchi telekompaniyalar vakillari ishtirok etgan yakuniy sinovlarda xatolik yuz berdi. Ekranda qizil olmalar, toʻq sariq apelsinlar, yashil uzum va... koʻk bananlar solingan vaza paydo boʻldi. Muhandis-ishlab chiquvchilar juda xijolat boʻlishdi, lekin tezda gap nimadaligini tushunib yetishdi. Sababi nima edi?
Laborantlardan qaysidir hazilkash bananlarni koʻk rangga boʻyab qoʻygan edi.