Noyabr oyi boshida Belgiyaning Vill-syur-Eyn qishlogʻida Britan askarlari chekinayotgan nemis kuchlari bilan otishmaga kirishadi. Nemislarni quvib ochiq joyga chiqqan Jorj Praysni nemis snayperi koʻkragidan yaralaydi. Praysga yordam koʻrsatishning ilojisi boʻlmaydi. Soat 10:58 edi. Prays Britan imperiyasining OMEGAsiga aylanadi. 1967-yilda yozilgan hikoyada esa, boshqa OMEGAning oʻlimiga elektr simi sabab boʻlgandi. Diqqat savol: Omega oʻrnidagi 3 soʻzni yozib bering