No552: 17-18-asrlardagi Yaponiyada birorta ham oʻzini hurmat qiladigan kapitan kemasiga mushuk olmasdan suzishga chiqmagan. Ayniqsa, malla mushuklar juda qadrlangan. Bunday mushukni tutib kelgan dengizchining barcha gunohlari kechirilgan. Mushukni hatto sichqon tutishga ham majburlashmagan, balki muhimroq ish uchun asrashgan. Qanday ish uchun?
Kuchli boʻron boshlanganda kapitan miyovlayotgan mushukni quturgan dengizga uloqtirgan. Bu qurbonlik dengiz xudolarini tinchlantiradi va boʻron toʻxtaydi deb ishonilgan.