№544: Antik davr shifokorlari bir-biriga oʻxshamaydigan kasalliklarga chalingan bemorlarni: revmatizm bilan ogʻriganlarni va telbalarni (aqldan ozganlarni) qandaydir tirik mavjudot ustiga oʻtqazib davolashgan. Bemorlar tuzalganmi-yoʻqmi nomaʼlum, lekin har holda manzara hayratlanarli boʻlgan. Ushbu tirik mavjudotni ayting. Shama: aynan shu mavjudotning qadimgi yunoncha nomidan "narkotik" termini kelib chiqqan.
Elektr skat baligʻi. Qadimgi yunonlarda u "narke" deb atalgan, bu soʻzning yana bir maʼnosi — "hayratda qoldirish", "karang qilish".