Druidlar. Druidlar haqida Rim manbalari va kelt epik rivoyatlaridan maʼlum boʻlgan. Ular ulkan hokimiyatga ega edilar, chunki ular oliy maxfiy bilimning yagona tashuvchilari boʻlib, sehr-joduni egallaganlar, dushmanni kuchdan qoldira olganlar va hatto qirolga, agar u biror narsani rad etsa, laʼnat oʻqiy olganlar. Irlandiyaning "Kualngedan buqaning oʻgʻirlanishi" sagasida druidlarning nufuzi haqida shunday deyilgan: "Qirolga oʻz druididan oldin gapirish taqiqlangan". Yuliy Sezar druidlar haqida "Gall urushi haqida xotiralar" asarida yozgan.