Ushbu savolda uchta hayvon haqida so‘z boradi. Birinchi hayvonning inglizcha nomi NHL klubi nomidagi birinchi so‘zdir. Ikkinchi hayvonning inglizcha ko‘plikdagi nomi NBA klubi nomidagi ikkinchi so‘zdir. Uchinchi hayvonning omonimi turli sport o‘yinlarida, jumladan, biznikida ham uchraydi. Agar ularning barchasi bir xil narsada gumon qilingan bo‘lsa, ushbu uchta hayvonni ayting.